Toshkent metropolitenida yo‘l haqini aloqasiz to‘lash tizimi ishga tushirildi

© Spot.uzV tashkentskom metro zapustili beskontaktnuyu oplatu proyezda
V tashkentskom metro zapustili beskontaktnuyu oplatu proyezda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l haqini aloqasiz tarzda to‘lash uchun turniket Chilonzor yo‘lining “Xalqlar do‘stligi” metro bekatida o‘rnatildi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. 7 avgust kuni Toshkent metropolitenida yo‘l haqini aloqasiz to‘lash tizimi tajriba tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda Spot.uz xabar qildi.

Yo‘l haqini aloqasiz tarzda to‘lash uchun turniket Chilonzor yo‘lining «Xalqlar do‘stligi» metro bekatida o‘rnatildi.

To‘lovni ushbu usul bilan “Oplata kartoy HUMO. HUMO kartasi bilan to‘lang” maxsus yozuvi tushirilgan turniket orqali, kartani o‘qish moslamasiga qo‘ygan holda amalga oshirish mumkin.

Stansiya metro Kolomenskaya posle remonta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston metrosida aloqasiz to‘lov tizimi joriy etiladi

“Ushbu ijobiy tajriba avgust oyi yakuniga qadar bizga yo‘l haqini aloqasiz tarzda to‘lash tartibini poytaxt metropolitenining barcha bekatlarida joriy etish imkonini yaratib beradi, deb umid qilib qolamiz. Aloqasiz tarzda to‘lov imkonini xalqaro to‘lov tizimlari kartalari foydalanuvchilari uchun ham joriy etish kelgusidagi rejalarimizdan o‘rin olgan”, — deydi Humo direktori Shuhratbek Qurbonov.

Ta’kidlanishicha, yangi texnologiya yo‘lovchi kassada jeton xarid qilish o‘rniga yo‘l haqini turniket orqali aloqasiz tarzda to‘lashni tanlagan holda kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.

Aloqasiz to‘lovlardan foydalangan holda metroda bir marta yurish qiymati jeton qiymatiga teng.

Eslatib o‘tamiz, MasterCard kompaniyasining Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mintaqaviy rahbari Sputnik᾽ka bergan intervyusida dastlab O‘zbekiston metrosida aloqasiz to‘lov tizimi joriy etilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0