Oktabr oyida ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi

© Press-slujba Minoboroni RossiiFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda oktabr oyida Rossiya-O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi.

TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Oktabr oyida Rossiya-O‘zbekiston forumi o‘tkaziladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rahbari Adxam Ikramov Fergana International Investment Forum 2019 forumida ma’lum qildi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilishicha, tadbir Rossiyada o‘tkaziladi. 

Pamatnik v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyatida zarbdor bir yillik e’lon qilinganini aytdi

“Birinchi forumdan so‘ng ikki davlat Savdo-sanoat palatalari, O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Rossiya sanoat va savdo vazirligi ikkinchi forumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yubordi. Aniq sanasini ayta olmayman, biroq forum oktabrda o‘tkaziladi”, - dedi Ikramov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston barcha viloyatlardan mutaxassislar Orenburg, Tatariston, Chelyabinsk, Perm, Sankt-Peterburg, Moskva va Moskva viloyatiga yo‘l olmoqda.

Birinchi mintaqalararo forum o‘tgan yili 18-19 oktabrda “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilgandi. Unda ikki davlatning 25 ta hududidan 600 dan ortiq vakillar qatnashdi. Forum doirasida Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 7-avgust kuni Farg‘ona shahrida xalqaro investitsiya forumi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Eron, Turkiya, Belarus kabi 28 ta davlatning yirik investorlari ishtirok etmoqda.

Forum davomida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb kilish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, V2G, B2B formatlardagi kooperatsion birjalar o‘tkazilib, kelishuvlar imzolanadi.

Yangiliklar lentasi
0