Xorazmda 15 bosh qora mol tiriklayin yonib ketdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishUcheniya po tusheniyu lesnix pojarov v Primorskom krae
Ucheniya po tusheniyu lesnix pojarov v Primorskom krae   - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatidagi “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i “Jayxun” MFYda joylashgan “Yuldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Pojar v Mirzo-Ulugbekskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi kichik sanoat zonasida yirik yong‘in yuz berdi

Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 80 kv.metr maydoni va 5 bosh qora mol qutqarib qolingan.

“Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kv.m maydonda tomi va u yerda saqlangan xashak yonib zararlangan, shuningdek 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan”, - deyiladi DOXX xabarida.

Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0