Iqtisod

Rossiya kompaniyalari Fargʻona viloyatiga yuz million dollarlik investitsiya kiritadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishKupyurы amerikanskix dollarov
Kupyurы amerikanskix dollarov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya kompaniyalari Fargʻona viloyati hokimligi bilan 100 million dollarlik 60 tadan ortiq loyiha boʻyicha ish olib bormoqda.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Rossiya kompaniyalari Fargʻona viloyati hokimligi bilan 100 million dollarlik 60 tadan ortiq loyiha boʻyicha ish olib bormoqda. Bu haqda RIA Novosti viloyat hokim oʻrinbosari Muxsinxoʻja Abdurahmonovga asosan xabar qildi.

Mokasinы iz strausinoy koji - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Fargʻonalik tadbirkor tuyaqush terisidan poyabzal ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyadi

Kuni kecha Fargʻonada Xalqaro investitsiya forumi ochildi. Unda 27 davlatda 100 ga yaqin biznes vakillari qatnashmoqda.

“Hozirgi vaqtda Rossiya kompaniyalari bilan umumiy qiymati 100 million dollarlik 64 ta loyiha boʻyicha ish olib bormoqdamiz”, - dedi Abdurahmonov.

Abdurahmonovning soʻzlariga koʻra, Fargʻona viloyati korxonalari Boshqirdiston, Perm qitʼasi, Vologda va Orenburg viloyati kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik olib borilmoqda. Xususan, Orenburg kompaniyalari viloyatda 55 million dollarlik parandachilik klasterini ochishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, istiqbolli roʻyxatga toʻqimachilik, elektrotexnika sanoati va qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash loyihalar kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala