Toshkentda to‘rt kunga ayrim ko‘chalar yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodniy perexod radom s otelem Xayat
Peshexodniy perexod radom s otelem Xayat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8-11 avgust kunlari Sayilgoh ko‘chasida “Gastro Bazaar” festivali o‘tkazilishi munosabati bilan poytaxtimizdagi ayrim ko‘chalarida harakatlanish vaqtinchalik cheklanadi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Toshkent shahri hokimiyatining xabar berishicha, “Gastro Bazaar” festivali o‘tkazilishi munosabati 8-11 avgust kunlari ko‘chalarning quyidagi qismlari barcha turdagi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi:

- Matbuotchilar ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasi bilan tutashgan chorrahasisdan boshlab  Nuroniylar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

- Buxoro ko‘chasining “Hugo boss” do‘koni yonidan to Nuroniylar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

- Zarafshon ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sayilgoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yangiliklar lentasi
0