Internet-firibgarlar o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet tarmog‘i insonlarga masofada turib ta’lim, axborot olish, shuningdek, uydan chiqmasdan u yoki bu xizmat turi uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini ochgan bir vaqtda, internet-firibgarlari ham mudrab o‘tirgani yo‘q. Ular ishonuvchan o‘zbekistonliklarni chuv tushirish yo‘liga o‘tib olgan

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekiston IIV rasmiy axborotiga ko‘ra, firibgarlar o‘z maqsadini amalga oshirish yo‘lida hech narsadan toymayapti. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy topib borayotgan bir vaqtda ular internet tarmoqlaridan keng foydalanib, odamlarni aldab chuv tushirib ketishga urinmoqdalar.

Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard kiber-jinoyatning yangi turi haqida ogohlantirdi

Virtual tovar evaziga naqd pullar 

Bugungi kunda O‘zbekiston fuqarolari chuv tushayotgan firibgarlik turlaridan biri - elektron taxtalar, ommabop saytlar va internet-auksionlarda u yoki bu tovarning sotuvga qo‘yilganligi haqidagi e’lonlardir. Bunda odatda, firibgarlar o‘z qurbonlariga ularga juda ma’qul keladigan takliflar bilan chiqishadi va to‘lovning ma’lum qismini naqd pul to‘lovi usulida elektron koshelokka o‘tkazishni talab qilishadi.

"O‘zA" axborot agentligining yozishicha, joriy yil fevral oyida qo‘qonlik Xolida ismli ayol ichki ishlar organlariga murojaat etib, xuddi shunday turdagi firibgarlik qurboni bo‘lganini aytgan.

Politseyskie viavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionniy uchet inostrannix grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada migrantlarni aldab katta pul topayotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Xususan, u internet tarmog‘ida o‘zini Qozog‘istondanman deb tanishtirgan Guldana ismli ayol bilan tanishib, uchinchisi sovg‘aga beriladi, deya va’da qilingan ikki dona "iPhone XS" telefoniga ega bo‘lish uchun 2018-yil dekabrida xalqaro elektron pul o‘tkazmasi orqali Guldana nomiga 1 200 AQSh dollarini yuborgan. Lekin mobil telefonini ham, pullarni ham qaytarib ololmagan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Firibgarlarning "piri"

Mo‘’jizalar faqat ertakda bo‘ladi, degan gap odamlar orasida ko‘p ishlatilsa-da, hayotda ham sodir etilishiga ishonadigan insonlar uchraydi. Ayniqsa, fikr-mulohazali, ko‘rinishidan ko‘p narsaning fahmiga yetadigan kishilarning firib qurboniga aylanganini eshitganda, nailoj deyishdan o‘zga chora qolmaydi.

Ayniqsa, onlayn-platformalarda narxi deylik 300 million so‘m turadigan avtomobilning atigi 100 million so‘mga sotilayotgani odamlarni quvontirishi emas, sergak torttirishi kerak bo‘lgan bir vaqtda, ko‘pincha odamlar tezroq arzon narxdagi mashinaga egalik qilish ishtiyoqida yona boshlaydilar va odatda firib qurboniga aylanadilar.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Ayni vaqtda MDH davlatlarida avtomobil bilan bog‘liq firib turlari juda ommalashgan. O‘zbekistonda ham bu turdagi firib qurboniga aylanganlar uchramoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan Alisher ham ana shunday aldanib qolgan shaxslardan biri. 2018-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs internet tarmog‘idagi "Olx.uz" onlayn-e’lonlar sayti orqali "Lasetti" avtomashinasini 4 300 AQSh dollariga sotmoqchi ekanligi haqidagi e’lonni joylashtirgan. Alisherning qiziquvchanligini payqagan firibgar avtomashina O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tganligini, shunday bo‘lsa-da avtomashina Belarusda ekani, agarda xaridor kelishilgan pulni yuborsa, avtomashinani O‘zbekistonga olib kelib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.

O‘zbekiston fuqarosi 2018-yil 7-sentabr kuni "Western Union" xalqaro pul o‘tkazmasi xizmati orqali Dilorom Ziyadova ismli shaxs nomiga kelishilgan 4 300 AQSh dollarini yuborgan. Afsuski, shu kunga qadar na avtomashina, na yuborilgan pullardan darak yo‘q. Noma’lum shaxs esa telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan. 

O‘z o‘rnida Alisherning 2019-yil 5-iyul kuni ichki ishlar organlariga qilgan murojaatiga asosan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirdi

O‘zbekiston IIVdan foydali maslahat

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xodimi Mirzo Ulug‘bek Madalimovbu kabi holatlar butun jahon mamlakatlari qarshi kurash olib borayotgan kiberjinoyatlarning bir turi hisoblanadi va O‘zbekistonda ham mazkur jinoyatga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, IIV fuqarolarni internet tarmog‘ida shaxsiy ma’lumotlarni joylashtirmaslikni, kompyuter va mobil aloqa vositalaridan foydalangan holda shubhali tuyulgan bank rekvizitlariga mablag‘ o‘tkazmaslikni va umuman, hamisha hushor bo‘lishlarini so‘rab qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0