O‘zbekistonda havo salqinladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishGolub u fontana.
Golub u fontana.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir muddat oldin sinoptiklarning havo salqinlashi haqidagi bashorati o‘zini oqlamagan edi. Ammo bu safar ular haq bo‘lib chiqdi

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. O‘zbekistonda havo salqinladi. Sinoptiklarning 9-avgustdan havo harorati pasayishi to‘g‘risidagi bashorati o‘zini oqladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Otdixayushie v parke iskusstv Muzeon v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari

Sinoptiklar 9-avgustdan havo harorati 41 darajadan 36 darajaga pasayishini bashorat qilgan edilar. Kechasi havo harorati atigi 21 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga quyoshli kunlar saqlanib qolishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida meteorologlar havo salqinlashi haqida bashorat qilgan edi, ammo bu bashorat amalga oshmagandi.

Iyul oyi oxiri va hatto avgustning boshi O‘zbekistonda juda issiq kechdi va hatto yangi rekordlar o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0