Dunyoda

Atambayev uyining shturm qilinishi — IIV kimni qoʻlga oldi va qanday jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishObraщeniye eks-prezidenta Kirgizii A. Atambayeva
Obraщeniye eks-prezidenta Kirgizii A. Atambayeva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Huquq-tartibot organlari oltita jinoiy ish qoʻzgʻatishgan va oʻndan ziyod kishilarni soʻroq qilishgan. Ayrimlari qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi sobiq prezident Almazbek Atambayev uyi shturm qilinganidan soʻng amalga oshirilgan ishlar haqida xabar berdi.

Mirziyoyev: vpervыe vыxoju s press-konferentsii s ordenom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Atambayev qoʻlga olingach, Mirziyoyev Jeenbekovga qoʻngʻiroq qildi: gap nima haqda bordi?

QR Jinoyat kodeksi 130 (Qotillik), 39-130 (Oʻldirishga suʼiqasd), 244 (Asir olish), 264 (Ommaviy tartibsizliklar), 266 (Bezorilik) va 355 (Hukumat vakiliga nisbatan tahdid yoki zoʻravonlik) moddalari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan.

Atambayevning tarafdorlari boʻlgan: Temirlan Sultanbekov, Ermek Okenov, Tilek Abdiyeva, Meerbek Miskenbayev, Kunduz Joldubayeva, Ravshan Jeenbekov, JK deputatlari Asel Koduranova, Irina Karamushkina, siyosatchining oʻgʻli Seyitbek Atambayevlar soʻroqqa tutilgan. Sobiq davlat rahbarining maslahatchisi Farid Niyazov, xalq shtabi rahbari Kыyaz Smaliyev, Alga Kыlыchev va Amantur Jamgыrchiyevlar esa Bishkek IIBB izolyatorida saqlanmoqda.

Qirgʻiziston poytaxti Pervomaysk tuman sudi qaroriga koʻra, Almazbek Atambayev 26 avgust sanasiga qadar GNKB SIZOsida saqlanishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, 7 avgust kuni kechqurun Koy-Tash qishlogʻida GKNB spetsnazi Atambayevni qoʻlga olish boʻyicha operatsiyani amalga oshirishga urindi, ammo shturm sobiq prezident tarafdorlari tomonidan yoʻqqa chiqarilgan edi. 8 avgust kuni huquq tartibot organlari takroriy shturmni amalga oshirdilar, oqibatda siyosatchi taslim boʻldi. Sal vaqt oʻtib, Atambayevning tarafdorlari kuch ishlatish yoʻli bilan tarqatila boshlandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ikki kunlik toʻqnashuvlarda 136 kishi jabrlangan, spetsnaz xodimi esa oʻq bilan yaralanish oqibatida halok boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0