Mixail Gorbachyovning holati ogʻir deb baholanmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishBыvshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev
Bыvshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston
Jurnalist Aleksey Venediktovning soʻzlariga koʻra, Gorbachyov olti oydirki kasalxonada "yashab kelmoqda".

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. OAVlar SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovning "oʻta ogʻir" holati haqida yozmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Rossi prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Gorbachyov Putinning ijobiy tomonlarini sanab oʻtdi

Bu haqda sal oldin jurnalist Aleksey Venediktov "Gordon" koʻrsatuvida maʼlum qilgan edi.

"Miyasi yaxshi ishlayapti, harakatlanishi ogʻir, juda koʻp kasalliklar yigʻilib qolgan — axir u 88 yoshda. Soʻnggi ikki yilda - ahvoli juda ogʻir: mana olti oydirki u kasalxonada yashamoqda", - deb aytgan Venediktov.

Shuningdek, Gorbachyov vaqti-vaqti bilan unga restoranda uchrashishni taklif qilishini, jurnalist bu taklifga rad javobini berolmasligi ham maʼlum boʻlgan.

"Shifokorimiz tavsiyasiga koʻra pivo ichamiz, Mixail Sergeyevich ham hozir pivo ichadi. Ilgarilari aroq ichardik", — deb taʼkidlagan Venediktov.

Bundan tashqari, jurnalistning aytishicha, Gorbachyov planshet va smartfon yordamida yangiliklarni kuzatib borar ekan. Sobiq prezidentga "Chenobыl" seriali haqida ham maʼlumot yetib borgan, ammo u "ogʻirligi" uchun serialni tomosha qilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala