Novosibirskda ota zug‘umiga uchragan bolalar vatanga qaytarildi

CC0 / pixabay / Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolalar Rossiya shaharlaridan birida o‘ta konservativ, kundalik hayotdan farq qiladigan oilada tarbiyalangan

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Joriy yil iyul oyida Rossiyaning Novosibirsk shahridan Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan samolyotda Toshkent IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 8 yashar Mahmud va 10 yoshli Holida ismli bolalar olib kelindi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB.

Stroitelstvo mnogokvartirnix jilix domov v Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Yetim bolalarni turar joylar bilan ta’minlashga doir hujjat tayyorlandi

Bolalar Rossiya shaharlaridan birida o‘ta konservativ, kundalik hayotdan farq qiladigan oilada tarbiyalangan.

Sakkiz yashar bolakay otasidan qay tarzda ta’lim olgani haqida gapirib bergan: so‘zlariga ko‘ra, ota ularga eng muhim narsa - dindan saboq bergan. Maktab, bolalar bog‘chasi, do‘stlar, o‘yin-kulgi nimaligini bolalar bilishmagan. Ammo Islomda ayol va erkak roli nimadan iboratligini yaxshi bilishgan. Shunday holatlar ham bo‘lgan-ki, ota o‘z bolalari ko‘z o‘ngida ularning onasini do‘pposlagan, unga azob bergan. Erkak zulmiga chidolmagan ayol oilani tashlab qochgan va Novosibirsk shahridagi O‘zbekiston konsulligiga murojaat qilgan.

Ayol konsullikda o‘zining dahshatli hayoti haqida gapirib bergan va uyga jo‘natishlarini so‘rab, yolvorgan. Novosibirskdagi O‘zbekiston Bosh konsulligi sayi-harakatlari bilan ayol vatanga qaytarilgan.

Ayolning Konsullika murojaatidan so‘ng, Novosibirsk shahridagi vasiylik organlari va politsiya hamkorligida otadan bolalar olib qo‘yilgan va shahardagi "Oila va bolalarni ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash" markaziga joylashtirilgan. Bolalar bu yerdan to‘g‘ri O‘zbekistonga yuborilgan.

Afganskiy malchik naduvayet vozdushniy sharik, okraina Kabula, Afganistan, 2017 god - Sputnik O‘zbekiston
Jangarining bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bolalarning Abdurazzoq ismli akalari ham bo‘lib, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘qligi sababli, O‘zbekistonga olib kelishning iloji bo‘lmagan. Ayni vaqtda Konsullik vasiylik organlari bilan birgalikda bolakayni vatanga qaytishi uchun unga barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirib berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni vaqtda bolalar Toshkent IIBB balog‘at yoshiga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazida o‘z tengdoshlari bilan muloqot qila boshlaganlar. Ular bilan suhbatlashgan psixologning so‘zlariga ko‘ra, kichkintoylar o‘z onasini ko‘pam eslashmaydi va uni sog‘inishmaydi. Bu esa, ularni hayotga keltirgan ayol bilan emotsional rishtalar uzilganligini anglatadi.

Bugungi kunda markazda bolalarni jamiyatga qaytarish va to‘liq reabilitatsiya qilishlariga yordam berish bo‘ycha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ularni ta’lim jarayoniga qaytarish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0