Oʻzbekiston harbiy mediklari birinchilikda bormoqda

© Press-slujbaVoyennыe mediki Uzbekistana idut pervыmi k pyedestalu pocheta
Voyennыe mediki Uzbekistana idut pervыmi k pyedestalu pocheta - Sputnik Oʻzbekiston
Barcha bosqichlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston 5635 ball toʻplab, hozircha birinchilikda ketmoqda

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. "Forish" togʻ poligonida shu kunlarda "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovi ishtirokchilarining kasbiy mahorati, aniq va tezkorligini yuzaga chiqarishga qaratilgan "Individual mahorat" tanlovi boʻlib oʻtdi.

© press-slujbaVoyennыe mediki Uzbekistana idut pervыmi k pyedestalu pocheta
Oʻzbekiston harbiy mediklari birinchilikda bormoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Voyennыe mediki Uzbekistana idut pervыmi k pyedestalu pocheta

Unda 11 mamlakat sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilar ikki yoʻlakchada, qisqa masofadagi startdan finishgacha: shartli yarador bemorning qoʻlini jgut bilan bogʻlash va belgilangan marragacha sudrab borish; oʻpka-yurak reanimatsiyasida yurak yopiq massaji maxsus manekenga sunʼiy nafas berish hamda shartli bemorning qoʻlini bogʻlagan holda, xavfsizlik qoidalariga rioya etib, uni koʻtargancha hududdan evakuatsiya qilish vazifalarini bajardi.

Nufuzli tanlov nizomiga koʻra, ayollar oʻrtasida shartli bemorning ogʻirligi – 62 kilogramm boʻlsa, erkaklar oʻrtasida – 70 kilogrammni tashkil etdi (bronejiletdan tashqari!). Natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Chem kormyat uchastnikov ARMI-2019 v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekona lutf: "Armi-2019" ishtirokchilari qanday taomlar bilan siylanmoqda?

Shifokorlar oʻrtasida: Elmurod Bobojonov (1178 ball) — Oʻzbekiston; Andrey Malaxov (990 ball) — Rossiya; Nurjan Kapezov (929 ball) — Qozogʻiston eng yaxshi natijalarga erishishdi.

Oʻrta va kichik tibbiy personali oʻrtasida: Valijon Begaliyev (1101 ball); Shoxruh Ibrohimov (1062 ball); Xokimbek Madaminjonov (1050 ball)lar eng yaxshi natija koʻrsatdi, ularning barchasi Oʻzbekiston vakili.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur shart natijalarida oʻzbekistonlik ayol harbiylar gʻalaba qozondi: Oydin Ubaydullaxujayeva (802 ball); Liliya Manasыpova (781 ball); Saidaxon Abdumoʻminova (777 ball).

Barcha bosqichlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston 5635 ball toʻplab, hozircha birinchilikda ketmoqda. Ikkinchi oʻrinda Qozogʻiston 4913 ball bilan odimlayotgan boʻlsa, kuchli uchlikka Rossiya (4808 ball) yakun yasamoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 10 avgust kuni "Harbiy-tibbiy estafeta" tanlovining "Eng yaxshi haydovchi" sharti boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala