Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSeremoniya vozlojeniya svetov k monumentu "Paxtakor–79" na Botkinskom kladbishe Tashkenta.
Seremoniya vozlojeniya svetov k monumentu Paxtakor–79 na Botkinskom kladbishe Tashkenta.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan roppa-rosa 40-yil muqaddam “Paxtakor-79” jamoasi mash’um aviahalokat qurboniga aylangan edi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentdagi  Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lgan “Paxtakor” futbol klubi a’zolarini yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova so‘zga chiqdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Oradan 40-yil o‘tdi. O‘lim haqidagi guvohnomalardagi nohaqlikni to‘g‘irlash fursati allaqachon yetib kelgan: “ishlab chiqarishdan tashqari hodisa”. Ular taqvim bo‘yicha o‘yinga uchib ketishayotgan edilar, qayd esa bunday bitilgan... Bu juda muhim”, - dedi Tazetdinova.

U o‘zgartirish kiritish nafaqat halok bo‘lganlarning oilasi, balki adolat uchun ham muhim sanalishini ta’kidladi.

“Men dastlabki o‘n yillikda bu qaydni o‘zgartirish uchun harakat qildim, biroq behuda. Menga bunda yordam berishlaringizni so‘rayman. U yerda “ishlab chiqarishdagi hodisa” deb ko‘rsatilishi zarur”, - deya hisoblaydi Alla Tazetdinova.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVdova trenera kluba Idgaya Tazetdinova — Alla Tazetdinova — v okrujenii pochetniy gostey i veteranov futbola.
Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Vdova trenera kluba Idgaya Tazetdinova — Alla Tazetdinova — v okrujenii pochetniy gostey i veteranov futbola.

Marosimda Toshkentning “Paxtakor” jamoasida to‘p surgan, keyinchalik Gretsiyaga ko‘chib ketgan taniqli futbolchi Vasilis Xadzipanagis ham ishtirok etdi.

“Halok bo‘lgan futbolchilari bilan bamisoli og‘a-ini  edik. Bilasizmi, men Toshkentning “Paxtakor”ini unutib qo‘yganim yo‘q, Gretsiyada bergan intervyularimda hamisha u haqida gapirib berman, - dedi Xadzipanagis. Ularning xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSovetskiy i grecheskiy futbolist Vasilis Xadzipanagis.
Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Sovetskiy i grecheskiy futbolist Vasilis Xadzipanagis.

1979 yilning 11-avgust sanasi “Paxtakor” jamoasi a’zolari samoda halokatga uchrashgan. Aviahalokat oqibatida jamoaning deyarli barcha o‘yinchilari halok bo‘lgan. An’anaga ko‘ra har yilning 11-avgust kuni shonli jamoa vakillari yodga olinadi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtrestavrirovanniy monument pamati "Paxtakora-79".
Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi a’zolari yodga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Otrestavrirovanniy monument pamati "Paxtakora-79".
Yangiliklar lentasi
0