Eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev predlojil usilit kontrol za investitsiyami
Shavkat Mirziyoyev predlojil usilit kontrol za investitsiyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev eksportni oshirish va investitsiya jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yer ajratishga “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish kerak - Mirziyoyev

Yig‘ilishda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hamda Toshkent shahri, Farg‘ona, Andijon va Toshkent viloyatlarida eksportni ko‘paytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Mutasaddi rahbarlar eksportorlarning muammolari bilan tizimli shug‘ullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashmayotgani tanqid qilindi. 

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida tashkil etilgan Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb etishi, bu boradagi muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yordam berishi zarurligi ta’kidlandi. 

“Eksport imkoniyatlarimiz ko‘p. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlash mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri bo‘lishi kerak. Shu orqali eksportni ko‘paytiramiz va yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lamiz,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarish va buning hisobiga meva-sabzavot eksportini 2021-yilda 2 barobar oshirish zarurligi ta’kidlandi. Takroriy maydonlarga eksportbop ekinlar ekish, ayniqsa, dukkakli mahsulotlarni eksportga ko‘proq chiqarish muhimligi qayd etildi. 

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya kompaniyalari Farg‘ona viloyatiga yuz million dollarlik investitsiya kiritadi

Xorijga tashriflar hamda xalqaro ko‘rgazmalar doirasida imzolangan eksport shartnomalarining bajarilishi, oktabr oyida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishiga oid masalalarga ham e’tibor qaratildi.    

Eksportorlarning xorijdagi savdo uylari ustav kapitali miqdorini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish sust kechayotgan tarmoqlar rahbarlari mavjud holat sabablari va bu boradagi ishlarni jadallashtirish rejalari to‘g‘risida hisobot berdi. 

Tahlillarga ko‘ra, oxirgi 10-yilda ishga tushirilgan 40 taga yaqin yirik korxona quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. 

Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxona va obyektlar faoliyatini tahlil qilib, kam quvvatda ishlayotganlarini loyiha parametrlariga olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Ferganskiy mejdunarodniy investitsionniy forum-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada xalqaro investitsiya forumi ish boshlamoqda

Yig‘ilishda 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini shakllantirish masalasi ham muhokama qilindi. Dasturga, avvalo, oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan 650 ga yaqin kelishuvlarga muvofiq ishlab chiqilgan aniq loyihalarni, shuningdek, neft-gaz xomashosini chuqur qayta ishlash, muqobil energetika, mashinasozlik, elektr texnikasi, qurilish materiallari, agrosanoat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlardagi loyihalarni  kiritish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Videoselektorda mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi tahlil qilindi. Ayrim tarmoq va hududlarda mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani tanqid qilindi. 

“Shuncha sharoit yaratapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa o‘zini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash o‘rniga osongina import qilishga o‘rgangan,” – dedi prezident.

O‘zbekistonda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomasholar chuqur qayta ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 5 baravargacha oshirish mumkinligi ta’kidlandi. 

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori bo‘lgan tovarlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan bo‘linma tashkil etish zarurligi qayd etildi. 

Videoselektorda tarmoqlar hamda hududlar rahbarlarining hisobot va takliflari eshitildi.

Yangiliklar lentasi
0