Hodisalar

Samarqandda haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochgan yoʻlovchilar qoʻlga olindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishAvtomobilnыe vorы
Avtomobilnыe vorы - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqandda Nexia haydovchisiga tan jarohati yetkazib, avtomashinani haydab qochgan ikki shaxs qoʻlga olindi. Ulardan biri muqaddam sudlangan 20 yoshli yigit boʻlib chiqdi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Samarqandda Nexia haydovchisiga tan jarohati yetkazib, avtomashinani haydab qochgan ikki shaxs qoʻlga olindi.

IIV xabariga koʻra, 11 avgust ikki nafar nomaʼlum shaxs Pastdargʻom tumanida yashovchi 25 yoshli J.B.ning Nexia rusumli  avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida oʻtirganlar. Pastdargʻom tumani Juma shahri Toʻrttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida ular haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zoʻrlik ishlatib tushirib yuborganlar. Soʻngra avtomashinani haydab qochib ketganlar.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda Mazda 3 mashinasini oʻgʻirlashda gumon qilingan ikki shaxs qoʻlga olindi

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan old chap tomon gʻildiragi yorilgan holda topilgan.

“Koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toʻrttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka koʻchasida yashovchi 24 yoshli X.N.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda Mazda 3 mashinasini oʻgʻirlashda gumon qilingan ikki shaxs qoʻlga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala