Iqtisod

Toshkentda 24 avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

CC0 / pixabay / Kran
Kran - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahrida 24 avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent shahrida 24 avgustdan boshlab sovuq suv va oqova suv (kanalizatsiya) narxi oshiriladi. Bu haqda “Suvsoz” DUK xabar qilmoqda.

Xolodnaya voda iz krana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sovuq suvning narxi keyinroq koʻtariladi

Yangi narxga koʻra bir kub metr sovuq suv 310 soʻm + 100 soʻm maxsus ustamani tashkil qiladi. Hozirda ushbu qiymat 280 soʻm + 100 soʻmni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kanalizatsiya narxi bir kub metr uchun 250 soʻm + 100 soʻmni (hozir 235 soʻm + 100 soʻm) tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda 15 avgustdan isitish tizimi va issiq suv taʼminoti tariflari oshishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala