Dunyoda

FXX rahbari: terrorchilar Rossiyada chet el talabalarini oʻz saflariga yollashga urinishmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishDirektor Federalnoy slujbы bezopasnosti (FSB) Aleksandr Bortnikov
Direktor Federalnoy slujbы bezopasnosti (FSB) Aleksandr Bortnikov - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov terrorchilar Rossiyada chet el talabalarini oʻz saflariga yollashga urinishayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov xalqaro terrorchilar Rossiya oliygohlarida taʼlim olayotgan xorijiy talabalarni oʻz saflariga yollashga urinishayotganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Otryad boyevikov IGIL - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
ISHID Suriya va Iroqda oʻz kuchini tiklamoqda – Pentagon

“Xalqaro terrorchilik tashkilotlari vakillari Rossiyada boʻlgan migrantlar hamda Rossiya oliygohlarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilish va yollashga urinishda davom etmoqdalar”, - dedi Bortnikov Milliy terrorchilikka qarshi qoʻmita majlisida.

Bortnikov migrantlar oʻrtasida radikal kayfiyatlar tarqalishini oldini olish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrish, ushbu muammoni hal qilishda federal ijro etuvchi hokimiyat rahbarlarining eʼtiborini oshirish va uni hal qilishni shaxsiy nazoratga olish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, “Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qoʻmondoni Yuriy Pogiba terrorchilar juda yosharib ketganini maʼlum qilgandi. Uning aytishiga qaraganda, terrorchilar yollovchilari uchun aynan oʻsmir yoshda boʻlgan yoshlar bilan ishlashdan manfaatdor. Chunki ushbu yoshda bolalar ogʻriqdan va oʻlimdan qoʻrqmaydi, qahramon boʻlishni istaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala