O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalar uchun subsidiya ajratiladi

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Kran - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 24-avgustdan boshlab sovuq suv narxi oshadi

Nizom bilan, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yangi tashkil etilgan bog‘ va issiqxona xo‘jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.

2019 yil va undan keyingi yillardagi xarajatlarini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

- tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan 1 gektar maydon uchun bir martalik 6 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda;

- maydoni 35 gektardan ziyod bog‘larda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduqni, shuningdek, darolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda.

Subsidiya mablag‘lari 2019-yilda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi jamg‘arma hisobidan, 2020-yildan boshlab esa jamg‘arma hamda davlat budjetidan teng ulushlarda ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan foydalanishga doir farmon imzolandi

Xarajatlarning bir qismini qoplash istagini bildirgan ishlab chiqaruvchilar hududiy qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha vakolatli loyiha institutining loyihasi;

- tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

- pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;

- amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-mayga qadar kelgusi yilda sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning yakuniy ro‘yxatini shakllantirib hukumatga taqdim etadi.

Yangiliklar lentasi
0