Turizm

Oʻzbekiston yana 20 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPriyem dokumentov na polucheniye shengenskoy vizы
Priyem dokumentov na polucheniye shengenskoy vizы - Sputnik Oʻzbekiston
Meksika, Markaziy Amerika va Karib havzasi davlatlari fuqarolari 30 kun vizasiz Oʻzbekiston hududida boʻlishlari mumkin.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Rabota tamojennoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekiston JAR, Eron va Gonkong fuqarolari uchun viza shartlarini soddalashtirdi

Hujjat bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab 20 ta mamlakat fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi.

Vizasiz rejim joriy qilingan davlatlar: Antigua va Barbuda, Barbados, Beliz, Grenada, Dominikan Respublikasi, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika, Kuba, Nikaragua, Panama, Trinidad va Tobago, El-Salvador, Sent-Vinsent va Grenadina, Sent-Lyusiya, Bagam Orollari Hamdoʻstligi, Dominika Hamdoʻstligi, Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi, Yamayka.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston BAA fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala