Dunyoda

Atambayev hibsxonada qanday sharoitda saqlanayotgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey FilippovSledstvennыy izolyator
Sledstvennыy izolyator - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Almazbek Atambayev vaqtincha saqlash hibsxonasida ikki oʻrinli kamerada saqlanmoqda.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha markaz rahbari Nurdin Sulaymonov Almazbek Atambayevning vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlarini oʻrgandi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Zamestitel ministra vnutrennix del Kursan Asanov. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayevni taslim boʻlishga koʻndirgan generalga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Xabarda aytilishicha, Almazbek Atambayev ikki oʻrinli kamerada saqlanmoqda. Siyosatchi izolyator xodimlari harakatlariga hech qanday eʼtiroz bildirmadi. Tibbiy koʻrik (bir kunda uch marta qon bosimi oʻlchanmoqda) va kerakli dorilar mavjud. Advokatlik yordam koʻrsatilmoqda.

Atambayev ikkita masala hal qilinishi uchun yordam soʻradi: kechasi chiroqni oʻchirish va eshikni yopishga ruxsat olish.

Bundan tashqari, Atambayevga nisbatan yana ikki ayblov ilgari surildi. Bular Bishkek TEM va “Mediaforum” binosini modernizatsiyasi bilan bogʻliq ishlar.

Qiynoqlarni oldini olish markazi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi rahbariyatiga siyosatchining iltimoslarini koʻrib chiqishni tavsiya qildi.

Yangiliklar lentasi
0