Dunyoda

Xabarovsk oʻlkasida ayiq qabrdan odam jasadini olib qochib ketdi

© Sputnik / N. Gerasimov / Fotobankka oʻtishBurыy medved
Burыy medved - Sputnik Oʻzbekiston
Xabarovsk oʻlkasida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Xabarovsk oʻlkasida Komsomolsk-Amur shahrida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organ xodimlari tekshiruv oʻtkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Yastreb - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiy zaharli ilonni tilka-pora qildi - video

“Politsiya navbatchilik qismiga shaharning Start mikro hududida joylashgan qabristonda qabr ochilgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga tezkor tergov guruh, kinolog va ovchi chiqdi. U yerda ayiq izlari topildi. Hozircha murda topilmadi”, - deyilgan xabarda.

Politsiya xodimlari tekshiruv oʻtkazmoqda, natijalari boʻyicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.

“Voqea joyiga mutaxassislar bordi, ularga hayvonni otish boʻyicha ruxsatnoma berildi. Ayiq topildi va otib tashlandi”, - deb taʼkidladi tabiatni muhofaza qilish vazirligi viloyat boʻlimi rahbari Yuriy Kolpak.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala