Xabarovsk o‘lkasida ayiq qabrdan odam jasadini olib qochib ketdi

© Sputnik / N. Gerasimov / Mediabankka o‘tishBuriy medved
Buriy medved - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarovsk o‘lkasida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi.

TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Xabarovsk o‘lkasida Komsomolsk-Amur shahrida ayiq qabristondagi qabrni kovlab, odam jasadini olib qochib ketdi. Hozirgi vaqtda huquq-tartibot organ xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Yastreb - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iy zaharli ilonni tilka-pora qildi - video

“Politsiya navbatchilik qismiga shaharning Start mikro hududida joylashgan qabristonda qabr ochilgani haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga tezkor tergov guruh, kinolog va ovchi chiqdi. U yerda ayiq izlari topildi. Hozircha murda topilmadi”, - deyilgan xabarda.

Politsiya xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda, natijalari bo‘yicha tegishli protsessual qaror qabul qilinadi.

“Voqea joyiga mutaxassislar bordi, ularga hayvonni otish bo‘yicha ruxsatnoma berildi. Ayiq topildi va otib tashlandi”, - deb ta’kidladi tabiatni muhofaza qilish vazirligi viloyat bo‘limi rahbari Yuriy Kolpak.

Yangiliklar lentasi
0