TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Fargʻona viloyati Margʻilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy koʻchasida joylashgan 29-uyda yongʻin sodir boʻldi.
DYOXX xabariga koʻra, voqea joyiga 5 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan. Birinchi boʻlinmalar koʻrsatilgan manzilga soat 11:34 da yetib borib, soat 11:39 da yongʻin qurshab olingan va soat 12:45 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin xaqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar boʻlinmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida yongʻinning maydoni kengayib ketgani maʼlum boʻlgan. Alanga qoʻshni xonadonlarga oʻtib ketishi oldi olingan.
Yongʻin oqibatida uyning 200 kv.metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.
“Achinarlisi, yongʻinni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-guruh nogironi 1958 y.t fuqaro M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan”, - deyiladi xabarda.
Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.