Migratsiya

"Odamlar aldanib qolmoqda": Mehnat vazirligi xususiy bandlik agentliklari ishini tekshiradi

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishSdacha ekzamenov v tsentre testirovaniya migrantov
Sdacha ekzamenov v tsentre testirovaniya migrantov - Sputnik Oʻzbekiston
Tekshiruv oʻtkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari holatlari sabab sifatida koʻrsatilgan.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Mehnat vazirligi ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan tekshiruv oʻtkazmoqchi. Bu haqda vazirlik matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mehnat migrantlari soni kamaymoqda – vazirlik

"Oʻzbekiston Respublikasining "Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq vazirlik tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida ayrim* Xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirish rejalashtirmoqda", - deyilgan xabarda.

Tekshiruv oʻtkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari holatlari sabab sifatida koʻrsatilgan. Vazirlik axborotida aytilishicha, mazkur agentliklarga ishga joylashish uchun murojaat etgan va oldindan 100% haq toʻlagan fuqarolar ishga joylashtirilmay qolmoqda va ular oʻz mablagʻlarini qaytarib ololmayapti, ayrim hollarda toʻlangan pullarning maʼlum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

Tekshirish yakuni boʻyicha qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini toʻxtatish, tugatish, bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi, deyiladi xabarda. Shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari boʻyicha toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala