TOSHKENT, 15 avg – Sputnik. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mol goʻshti kilosi narx koʻrsatkichida 106 ming soʻm yozilgan surat tarqaldi. Bu foto-surat bozor rastalardan birida tasvirga olingan.
Sputnik Oʻzbekiston muxbiri narxlarni oʻrganish maqsadida Chorsu va Sergeli bozorlariga keldi. Bozorda mol goʻshti narxi maqbul darajada qolganini maʼlum boʻldi.
“Hamma sotuvchilarda narx koʻrsatkichlari bir xil. Suyakli mol goʻsht – 39 ming soʻm. Laxm goʻsht esa 45-50 ming soʻmdan sotilmoqda”, - deydi muxbir.

Yunusobod bozoridagi baʼzi sotuvchilar rastalardagi narxlar shartli ekanligi va mahsulot bozor narxida sotilishini tan olishdi. "Sarpanja" qismi 55 ming soʻm, laxm goʻsht esa 65 ming soʻmga sotib olsa boʻladi.
Supermarketlarda, masalan “Korzinka”da suyakli goʻsht bir kilosi 39 ming soʻm, laxm esa – 50 ming soʻm. Rastalarda molning boshqa qismi goʻshtlari 47 ming soʻmdan 74 ming soʻmgacha belgilangan.

Oʻz navbatida, savdogarlar bozorlarning birida narx keskin koʻtarilishi – bu yagona holat boʻlgan deb aytishdi.
Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan mol goʻshtiga talab kamaygan.