Iqtisod

Turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi.

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon bilan turistik faoliyat va xizmatlar uchun soliq imtiyozlari berildi.

 Farmonga muvofiq, 2023 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar:

- yetib borish qiyin boʻlgan va chekka joylarda kemping va “safari” turizmi xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar foyda, yer va mol-mulk soligʻi hamda yagona soliq toʻlovi;

Akkulov Abdulaziz Urolboyevich - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

- yuridik shaxslar jahon standartlariga mos golf majmualarini barpo etish loyihasi doirasida foyda, yer va mol-mulk soligʻidan, jalb qilingan xorijiy mutaxassisga haq toʻlashda yagona ijtimoiy toʻlovdan, loyiha uchun tovarlarni olib kirishda bojxona boji va aktsiz soligʻidan;

- zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat boʻyicha foyda, yer va mol-mulk soligʻi hamda yagona soliq toʻlovidan;

- respublikaga olib kiriladigan dor (osma) yoʻllarini, “banji-jamping” va “ziplayn” attraktsionlarini, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, shuningdek, “buggy car”, faetonlar, joylashtirish vositasi sifatida tunab qolish uchun jihozlangan (gʻildirak ustidagi uylar) yoki kafe-furgonlarga aylantirilgan (“fudtrak”) yer usti transport vositalari bojxona boji va aktsiz soligʻidan ozod etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonning YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan madaniy meros obʼyektlari va davlat muhofazasiga olingan yodgorliklari hududida faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan suvenirlar sotilishi haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0