Jamiyat

Oʻzbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallashdi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaVoyennыe razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroye mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii
Voyennыe razvedchiki iz Uzbekistana zanyali vtoroye mesto v konkurse ArMI-2019 v Indii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-oʻquv maydonida joriy yilning 5 avgustida boshlangan “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari – 2019” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-oʻquv maydonida boʻlib oʻtgan “Qoʻshin razvedkasi aʼlochilari – 2019” musobaqasida oʻzbekistonlik razvedkachilar sharafli ikkinchi oʻrinni egallashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Birinchi oʻringa Hindiston jamoasi loyiq deb topildi. Ikkinchi oʻrin Rossiya harbiylariga nasib etdi.

Musobaqada Oʻzbekiston, Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston, Xitoy, Hindiston va Sudanning qoʻshin razvedkachilari jamoalari oʻzaro bellashdi.

Uzbekskiye injenerы prolojili sebe put k tretyemu mestu pyedestala pocheta - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
“ArMI — 2019”: Oʻzbekistonlik muhandis-sapyorlar uchinchi oʻrinni egalladi

Tanlov beshta – “Desant boʻlib tushish va marsh-brosokni amalga oshirish”, “Mexanik-haydovchilar musobaqasi”, “Razvedkachi soʻqmogʻi”ning kompleks toʻsiqlarini yengib oʻtish”, “Oʻq otish” va “Razvedka boʻlinmasining vazifani bajarganidan soʻng yigʻin punktiga chiqishi” bosqichlaridan iborat boʻldi.

Soʻnggi – beshinchi bosqichda oʻzbekistonlik razvedkachilar yuqori natijalarni koʻrsatib, qurol-aslahalar va toʻliq jangovar ekipirovkada suvli toʻsiqdan suzib oʻtish shartini 13 daqiqayu 22 soniyada bajarib, musobaqa rekordini oʻrnatishdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistonning “Otar” bazasi poligonida minomyotchilar hisobi oʻrtasida oʻtkazilgan “Artilleriya olovi ustalari” xalqaro tanlovida Oʻzbekiston faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0