Jamiyat

IIV mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishZaklyuchennыy ispravitelnoy kolonii vo vremya rabotы
Zaklyuchennыy ispravitelnoy kolonii vo vremya rabotы - Sputnik Oʻzbekiston
IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik.  IIV 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Kolyuchaya provoloka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini maʼlum qildi

Qayd etilishicha, UY JOY QURILIS MCHJ bilan tuzilgan pudrat shartnomasiga asosan har oy yakuni boʻyicha mahkumlarga haqiqatda bajarilgan ish hajmidan hamda tasdiqlangan razryad va bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib, 800 ming soʻmdan 2,7 mln. soʻmgacha boʻlgan miqdorda oylik maoshi hisoblanib kelinmoqda.

“Qurilish obʼyektlarida ishga jalb qilingan mahkumlarga oylik ish haqlari belgilangan tartibda hisoblanib, ularning ish haqidan noqonuniy ravishda ushlanmalar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmagan”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda 51-son manzil-koloniyasida mahkumlarning oyligidan ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala