Kamilov hamkasbi Meredov bilan Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifini muhokama qildi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Rashid Meredov
Abdulaziz Kamilov i Rashid Meredov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Ashxobod havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 17 avg - Sputnik. 2019-yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

 Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston televideniyesi Berdimuhamedov ta’tilni qanday o‘tkazayotganini namoyish etdi

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar.

Vazirlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelishini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va farovonlikni ta’minlash, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklash bo‘yicha vazifalar atrofida jamlanganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent-Ashxobod havo yo‘lini tiklash, ikki mamlakatning viloyat markazlari o‘rtasida avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning o‘zaro tashriflari tartibini soddalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0