Iqtisod

Moliya vazirligi Oʻzbekistonda byudjet pullarini oʻmarganlarni fosh qildi

Yashnobod tumanidagi Koʻzi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi oʻzining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qoʻshib yozishi natijasida byudjetdan 77,6 mln. soʻm asossiz ortiqcha toʻlab yuborilgan

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari joriy yil I yarim yilligida olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida ayrim byudjet muassasalari tomonidan byudjet mablagʻlari sarflanishida tizimli ravishda qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganini aniqladi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 1,08 milliard soʻmni oʻzlashtirib yuborgan tadbirkor qoʻlga olindi

Jumladan, Jizzax shahar 22-sonli umumtaʼlim maktabida haqiqatda ishlamaydigan 11 nafar fuqarolar nomiga homiladorlik va tugʻish nafaqalarini, shuningdek mehnat taʼtili, mukofot va moddiy yordam mablagʻlarining asossiz hisoblanishi va toʻlanishi natijasida 448,2 mln. soʻm byudjet mablagʻlari asossiz sarflab yuborilgan.

Mirziyoyev ayovsiz "savalagan" Ostrogorskiy kim? >>>

Boʻz tumanidagi 5-sonli umumtaʼlim maktabida ham haqiqatda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblash yoʻli bilan 99,3 million soʻm, Jarqoʻrgʻon tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida 65,3 mln. soʻm byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgan.

Kegeyli tumanidagi 1-son umumtaʼlim maktabida 54,7 mln. soʻm va Buxoro shahridagi 1-son umumtaʼlim maktabida 31,2 mln. soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlari haqiqatda ishga kelmagan va xizmat vazifasini bajarmagan xodimlarga ish haqi hisoblanishi natijasida asossiz sarflab yuborilgan.

Shoʻrchi tumanidagi 10-son umumtaʼlim maktabida xodimlarining plastik kartochkalarga asossiz mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan 36,1 mln. soʻmlik byudjet mablagʻlari noqonuniy oʻzlashtirilgan.

Zaderjaniye prestupnika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Termizda katta miqdorda byudjet mablagʻlarini talon-taroj qilgan shaxs ushlandi

Yashnobod tumanidagi Koʻzi ojizlar maxsus maktab internatida bosh hisobchi tasdiqlangan shtatlar jadvalidagi oʻzining oylik lavozim maoshiga ortiqcha ish haqi qoʻshib yozishi natijasida byudjetdan 77,6 mln. soʻm asossiz ortiqcha toʻlab yuborilgan.

Bulardan tashqari, Bogʻdod tumanidagi 50-sonli umumtaʼlim maktabida pudratchi "Fargʻona sayqal servis" xususiy korxonasi tomonidan "Obod qishloq" dasturi doirasida bajarilgan taʼmirlash ishlari joyida nazorat oʻlchovidan oʻtkazilib, moliyalashtirish uchun taqdim etilgan hisob faktura maʼlumotlari bilan haqiqatda bajarilgan ishlar solishtirilganda 129,9 mln. soʻmlik bajarilmagan ish hajmlari qoʻshib yozilganligi maʼlum boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala