Tadbirkor bilan mojarodan soʻng Vazirlar Mahkamasi xodimi ishdan haydaldi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoye kreslo
Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur holat yuzasidan Hukumat portalining rasmiy saytida eʼlon berildi. 

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasi binosi oldida ikki fuqaroning tortishuvi aks etgan videolavha tarqalgan va muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident hokimlarni zarurat boʻlmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi

Maʼlum boʻlishicha, ularning biri Hukumat idorasi vakili, ikkinchisi tadbirkor boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Hukumat portalining Gov.uz saytida rasmiy eʼlon berildi. 

"Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi "Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhida 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va oʻzini tadbirkor, deb atagan fuqaro oʻrtasida yuzaga kelgan tortishuv aks etgan video eʼlon qilindi va muhokamalarga sabab boʻldi. Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qoʻpol muomalada boʻlgan xodim ustidan xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda, davlat idorasi vakilining ishdan boʻshatilishi ham ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokama qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala