Huquq qachon tugaydi?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Insonning g‘alati odati bor: kimgaki ozroq huquq berilsa, havolanib, "menga hammasi mumkin" degan xulosaga borib qoladi. Yaqin-yaqingacha hokimlar o‘zini shunday tutardi. Endi blogerlarga o‘tapti bu odat.

Axborot va ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning bayonotidan keyingi gap-so‘zlardan buni ilg‘ash mumkin. Blogerlar shov-shuv ko‘tarib, anchayin nohaq e’tirozlar bildirdi.

Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Komil Allamjonov OAV va blogerlarni ogohlantirdi

Chunki, inson, deylik hovlisiga yi­g‘ib qo‘ygan o‘tiniga kimdir cho‘g‘ tashlab ketsa, uni o‘chiradimi? Nega post ostidagi behayo va shafqatsiz izohlarni o‘chirmaslik kerak? Buning ustiga uni boshqarish faqat post egasining qo‘lida bo‘lsa?!

Allamjonov hammasini aytdim, barcha tushundi, deb o‘ylab, fikrini oxirigacha yetkazaman bo‘lsa-da, uning bayonotida dolzarb mavzu ko‘tarilgan edi.

Axir o‘qing, atrofni qanchalar madaniyatsizlarcha bitilgan izohlar bosgan. Behayolik, shaloqlik deyarli meyorga aylanib qolgan… Jamoatchilik orasida so‘kinish, behayo so‘zlarni aytish mumkin emasligini bilamiz, lekin internetda bu mumkin. Chunki u yerda hech kim bunaqa so‘zlar uchun javobgar emas. Axir bunday bo‘lishi mumkinmas! Millatda, odamlarda, har bir shaxsda so‘z mas’uliyati, fikr aytish madaniyati va mas’uliyati bo‘lishi lozim emasmi?

Mas’uliyatni his qilmaslik, javobgarlikning yo‘qligi odamlarni izdan chiqaradi, haybarakallachi qilib qo‘yadi. Buning ustida bu so‘z va fikrning ham qadrini tushirib yuboradi. Qolaversa, virtual makonda mumkin bo‘lgan narsa, sekin-asta real hayotga ko‘chib chiqadi. Bora-bora jamiyatda madaniyat yo‘qolishi mumkin.

Uzoqqa bormaylik, Tojikiston fuqarosi o‘z mamlakatida terroristik deb tan olingan partiya vakillari postlariga ijtimoiy tarmoqlarda "layk" bosgani uchun, uning bu ishi terrorizmni targ‘ib etishga tenglashtirilib, u 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ammo yigit haqida ayrim nashrlar uning yonini olib "bor yo‘g‘i qoldirgan izohi uchun jazolashdi!" deb yozishdi.

Knijniy magazin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘lim bilan yakunlanadigan fleshmob tobora ommalashmoqda

Sezapsizmi, biz internet makoni kim nimani xohlasa shuni qiladigan, kim nimani xohlasa yozadigan, aytadigan joy deb o‘ylaymiz. Hozircha shunday bo‘lyapti ham. Biroq buning ham chegarasi bor, vaqti ham kelyapti. Qonun har doim hayotdan ortda qolib yuradi, lekin hech nimani nazardan qochirmaydi.

Virtual makonda ham aytilgan gap uchun mas’uliyat bo‘lishi lozim. Buni qanchalar tez anglasak, o‘zimizga shunchalar yaxshi. Hamma xohlagan ishini qiladigan, ko‘ngliga kelganini aytadigan davrlar o‘tib bormoqda…

O‘tgan asrning 90-yillari hayotda shunaqa – boshboshdoqlik bo‘lgan. Bugun internetda shu holat, lekin bu so‘ngsiz davom etishi mumkin emas. Har kim o‘z so‘zi uchun javob berishi lozim. Mas’uliyatsizlik insonni dahshatli mahluqqa aylantiradi. Odamlarga mas’uliyat yuklash anchayin og‘ir va serg‘alva ish. Buni shu kunlarda ko‘rdik, guvohi bo‘ldik.

Allamjonov o‘z bayonotida ko‘nglidagi barcha fikrni to‘liq ifodalay olmagan bo‘lsa-da, maqsad aniq – internetni bundan keyin ham madaniyatsizlik, bachkanalik o‘chog‘iga aylantirib qo‘yib bo‘lmaydi. Uni allaqanday kuchlarning quroli bo‘lib xizmat qilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu qachondir boshlanishi kerak bo‘lgan, qancha tez boshlansa, shuncha yaxshi bo‘ladigan chora.

Blogerlar "o‘zganing fikri uchun nega men javob beraman?" deb iddao qilayotgan, o‘zini butkul mas’uliyatdan soqit qilishga urinayotgan bo‘lsa ham, ular-da javob berishlari shart (muharrir gazeta uchun javobgar bo‘lganidek). Blogerlar va Allamjonovning keyingi uchrashuvida aytilgan "bu yaxshi, bu yomon, o‘chir", deb kimdir aytishi, xat kiritishini kutib o‘tirmay, uyatli, sharmandali so‘zlarni, davlatga qarshi fikrlarni o‘z vaqtida o‘chirishsa maqsadga muvofiq. Bu ularning fuqaroviy burchi. Sezishimizcha, ular "nima yomon, nima yaxshiligini biz qaydan bilamiz?" deb mas’uliyatdan qutilishga urinishmoqchi.

Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar qaysi ijtimoiy tarmoqni yoqtirishlari ma’lum bo‘ldi

Oddiy haqiqatni – nima so‘kinish, nima buzg‘unchilikligini bilmaydigan kishining odamlarga fikr berib, aql o‘rgatishga haqqi bormi?

Bilamiz, huquqini – so‘z erkinligini pesh qiluvchilar ko‘p. Albatta, so‘z erkinligi muqaddas! Biroq bu ko‘chada uchraganni so‘kish, xayolga kelganni aytish, bemalol buzg‘unchilik qilish mumkin degani emas? Chunki so‘z erkinligiday konstitutsiyaviy huquq boshqalarning huquqlarini bu­zish ustida yuzaga kelmaydi.

Unutmaylik: bizning huquqimiz boshqalarning huquqiga tajovuz qila boshlagan joyda tugaydi! Yanayam g‘alizroq aytilsa: hech kimning huquqi o‘zganing huquqiga tajovuz qilish huquqini bermaydi! Demokratiya bilan anarxiyaning farqi ham shunda.

Yangiliklar lentasi
0