Oʻzbekiston mudofaa vaziri Moskvada gʻolib tankchilarni qutladi

© Minoboronы RUzGeneral-mayor Baxadыr Kurbanov, ministr oboronы RUz
General-mayor Baxadыr Kurbanov, ministr oboronы RUz - Sputnik Oʻzbekiston
Shundan soʻng Qurbonov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu hamrohligida "Doʻstlik uyi"da tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazmasi bilan tanishdi

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov armiya oʻyinlarining yopilish marosimida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Uzbekskiye bolelщiki na tribunax po itogam finala Tankovogo biatlona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston tankchilari “Tank biatloni” final bahsida gʻalaba qozondi

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 3 avgustdan 17 avgust kuniga qadar davom etgan V xalqaro armiya oʻyinlarida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari munosib ishtirok etdi. Xususan, "Tank biatloni" musobaqasining 2-dvizionida ilk bor qatnashgan vakillarimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Mudofaa vaziri yurt sharafini munosib himoya qilgan "Tank biatloni" jamoasi bilan uchrashib, ularni qizgʻin muborakbod etdi.

"Sizlarni nufuzli musobaqada yuksak marrani egallab, davlatimiz bayrogʻini baland koʻtarganingiz bilan qutlayman! Sizlar haqiqiy vatanparvarlarsiz! Oʻzbekning quch-qudrati, mahorati va hech kimdan kam emasligini yana bir bor isbotladingiz! Sizlar bilan butun Oʻzbekiston faxrlanadi!", - dedi vazir.

Shundan soʻng Qurbonov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu hamrohligida "Doʻstlik uyi"da tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazmasi bilan tanishdi.

Xalqaro armiya oʻyinlarining yopilish marosimi "Tank biatloni" musobaqasining 1-divizion final bahsidan soʻng Moskva viloyatidagi "Patriot" parkida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala