Video

ArMI gʻoliblarini Toshkentda qahramonlardek kutib olishdi

ArMI-2019 xalqaro harbiy oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekstonlik askarlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.

V xalqaro Armiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston harbiylarini Toshkent aeroportida karnay surnay, zarbop choponlar bilan kutib olishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiylar kutib olishgan ularning safdoshlari va oila aʼzolari ham chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ministr oboronы Uzbekistana Baxodir Kurbanov pozdravlyayet pobediteley ArMI - Sputnik Oʻzbekiston
Video
"Siz haqiqiy vatanparvarlarsiz": Oʻzbekiston mudofaa vazirining tankchilarga tabrigi

Oʻzbekiston jamoasi ushbu yil xalqaro armiya oʻyinlarining 14 ta musbaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, desak adashmaymiz.Tank biatloni konkursida ilk bor ishtirok etgan Oʻzbekiston tankchilari ikkinchi divizionning gʻolibi boʻlishdi va yanagi yilda birinchi divizionda  ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. 

Shuningdek oʻzbekistonlik harbiylar "Tibbiy estafeta", "Ishonchli doʻst", "Elbrus halqasi", "Razvedka aʼlochilari" va "Dala oshxonasi" tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Barcha konkurslar boʻyicha umumjamoa hisobida ArMI-2019 oʻyinlrida Rossiya jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi - ikkinchi va Qozogʻiston jamoasi uchinchi oʻringa ega boʻlishdi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader