Hodisalar

Meni shunday tarbiya qilishgan – Oʻzbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi

© Foto Danila Yuldasheva v sotssetyax"Menya tak vospitali": uzbekistanets spas lyudey iz avtobusa v Permi
Menya tak vospitali: uzbekistanets spas lyudey iz avtobusa v Permi - Sputnik Oʻzbekiston
Perm viloyatida oʻzbekistonlik 20 yoshli yigit YTHga uchragan avtobusdan odamlarni chiqarib oldi.

TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Perm viloyatida yoʻnalishli avtobusning YTHga uchraganini koʻrgan yosh oʻzbekistonlik yigit avtobus ichida boʻlgan odamlarni qutqarishga yordam berdi, deb xabar qilmoqda "Komsomolskaya Pravda" nashri.

© Nika MuxinaPermskiy reysovыy avtobus marshruta №53 popal v DTP, vrezavshis v stenu magazina
Meni shunday tarbiya qilishgan – Oʻzbekiston fuqarosi odamlarni qutqarib qoldi - Sputnik Oʻzbekiston
Permskiy reysovыy avtobus marshruta №53 popal v DTP, vrezavshis v stenu magazina

Shanba kuni 53-yoʻnalishda harakatlanayotgan avtobus doʻkon devoriga borib urilishi oqibatida uning eshiklari yopilib qoladi. Ushbu YTHda 1 kishi qurbon boʻladi va 32 kishi jarohatlanadi. Voqea guvohi boʻlgan 20 yoshli Oʻzbekiston fuqaroli Daniil Yuldashev darhol avtobus ichida qolgan odamlarni qutqarishga kirishadi.

Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Buxoroda hovuzda choʻkayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi

U avtobusning orqa oynasini sindirib, yaralanganlarni birma-bir olib chiqa boshlaydi. Undan tashqari Daniil shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatib yoʻldan oʻtayotgan avtomobillarni toʻxtatib ulardan bemorlarni shifoxonaga olib borishni iltimos qiladi. Tez yordam yetib kelganda ham Daniil yordam berishda davom etadi.  

Jurnalistlar Daniildan nega u ham boshqa avtomobillar kabi YTHga uchragan avtobus yonidan oʻtib ketmasdan yordam berish uchun toʻxtaganini soʻrashganda, u – Meni shunday tarbiya qilishgan deb javob bergan.

Daniil Toshkentda tugʻilgan, uning yaqin qarindoshlari hali ham oʻsha yerda yashaydi. Daniil 7 yildan beri Rossiyada yashab kelmoqda. U shu yerda oʻrta maxsus taʼlim olmoqda va boʻsh vaqtida boks bilan shugʻullanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala