Video

Hindistonda "Toshboʻron" bayramida yuzlab kishilar jarohatlandi

Hindistonda ikki qishloq aholisi har yili bir-birini toshboʻron qiladi - bu shunday anʼana.

Bunday antiqa festival dunyoning hech bir mamlakatida boʻlmasa kerak. Hindiston shimolida joylashgan ikki qishloq aholisi har yil avgust oyining oxirida bir-birlarini toshboʻron qilishadi.

Gotmar Mela deb nom olgan ushbu festivalda har yili bir necha yuzlab kishiar jarohatlanadi, oldingi yillarda hatto qurbonlar ham boʻlgan, lekin shunga qaramasdan ushbu anʼana yildan yilga davom etib kelmoqda.

Afsonaga koʻra, ushbu bayram 300 yil oldin paydo boʻlgan. Bir daryoning ikki qirgʻogʻida joylashgan Pandxurna va Savargaon nomli  qishloqlar boʻlgan. Pandxurna qishlogʻi hukmdori Savargaon qishlogʻi hukmdorining juda goʻzal qizi borligidan xabar topadi va tunda uni oʻgʻirlab qochadi. Bundan xabar topgan Savargaon qishlogʻi aholisi unga tosh ota boshlashadi. Pandxurnaliklar esa, oʻz hukmdorini himoya qilish maqsadida Savargaonliklarga qarshi tosh ota boshlaydi. Natijada Pandxurna hukmdori oʻzining boʻlajak rafiqasi bilan oʻz qirgʻogʻiga yetib oladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader