Dunyoda

Qobuldagi toʻyda 63 kishi qurbon boʻldi

© AFP / RIZWAN TABASSUMSkoraya pomoщ v Afganistane, arxivnoye foto
Skoraya pomoщ v Afganistane, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Qobul shahridagi toʻyxonada xudkush terrorchi oʻzini portlatib yubordi, oʻnlab kishilar qurbon boʻldi.

TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Kecha Afgʻoniston poytaxtida boʻlib oʻtgan toʻy fojeali yakunldandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti mahalliy telekanalga asosan.

Portlash 17 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:40 da sodir boʻlgan. Qobul shahrining gʻarbiy qismida joylashgan toʻyxonalardan birida xudkush-terrorchi oʻzini oʻzi portlatib yuborishi oqibatida 63 kishi qurbon boʻldi, 180 ortiq odamlar turli jarohatlar olishdi, deyilgan Tolo News xabarida.

Hozircha terrorchi guruhlardan hech biri ushbu portlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgani yoʻq. “Tolibon” harakati ushbu ishga oʻzining aloqadorligini rasman rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala