O‘zbekiston havo floti kunida Mudofaa vazirligi  aviashou o‘tkazdi

© Ministerstvo oboroniPrazdnovanie Dnya vozdushnogo flota
Prazdnovanie Dnya vozdushnogo flota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston havo floti kuni munosabati bilan Chirchiqda harbiy aviashou hamda tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan “Chirchiq” poligonida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar sohaning bugungi kundagi rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Marosimda yig‘ilganlar uchun zamonaviy uchish texnikalari namoyish etildi va o‘ziga xos aviashou tashkil qilindi.

Shuningdek, tadbir boshida harbiy uchuvchilarni yod etish monumentiga tashrif buyurilib, marhum uchuvchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Yodgorlik monumenti yonida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestrining musiqiy chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Undan tashqari, marosimda mudofaa vazirligining bir qator mas’ul ofitserlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi. 

© Ministerstvo oboroniPrazdnovanie dnya vozdushnogo flota
O‘zbekiston havo floti kunida Mudofaa vazirligi  aviashou o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Prazdnovanie dnya vozdushnogo flota

Marosimda harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga Mudofaa vazirligining «Namunali xizmati uchun» ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, har yil avgust oyining uchinchi yakshanbasida O‘zbekiston aviatsiyasi tashkil qilingan kun nishonlanadi. Ushbu kun O‘zbekiston havo floti sohasida ishlayotgan xodimlarning kasb bayrami hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0