Shveysariya qiruvchisi Putin delegatsiyasi samolyotini kuzatib bordi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishIstrebitel F/A-18 Xornet VVS Shveysarii soprovojdayet rossiyskiy passajirskiy samolet.
Istrebitel F/A-18 Xornet VVS Shveysarii soprovojdayet rossiyskiy passajirskiy samolet. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyot bortida Putin yordamchisi va uning matbuot kotibi – Yuriy Ushakov va Dmitriy Peskov bo‘lgan. Shveysariya Harbiy havo kuchlari qiruvchilari bir necha daqiqa Rossiya hukumati samolyoti ortidan kuzatib borgan.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Shveysariya Harbiy havo kuchlarining ikki qiruvchi samolyoti bir necha daqiqa Jeneva osmonida “Rossiya” maxsus uchish otradi samolyotini kuzatib borgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Samolyot bortida jurnalistlar, Putin yordamchisi va uning matbuot kotibi – Yuriy Ushakov va Dmitriy Peskov bo‘lgan.  Rossiya delegatsiya Fransiya janubiga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan, chunki u yerda Vladimir Putin va Emmanuel Makron muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Dmitriy Peskov bu holat birinchi emasligini qayd etgan.

Vladimir Putin bugun Fransiyaga bir kunlik tashrif bilan keladi va prezident Emmanuel Makron bilan muzokaralar olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Boltiq dengizi ustidagi neytral hudud ustidan uchib o‘tayotgan vaqtida NATOning F-18 qiruvchi samolyoti unga yaqinlashishga uringani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0