Yangi Bojxona kodeksi muhokamaga qo‘yildi – asosiy o‘zgarishlar

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishTamojenniy post
Tamojenniy post - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat bojxona qo‘mitasi yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 19 avg – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasini tayyorladi. Amaldagi Bojxona kodeksi 2016-yil 20-yanvarda tasdiqlangan.

Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida bojxona xodimlaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi

Yangi kodeks loyihasi hajmi jihatidan ancha ixchamlashtirilgan va takomillashtirilgan: xususan yangi loyiha 9 bo‘lim, 35-bob, 296 moddadan iborat (amaldagi kodeks 12 bo‘lim, 59 ta bob, 412 modda).  

Yangi kodeksda bojxona protseduralari 15 ta etib belgilangan. Yangi tahrirda “Vaqtincha saqlash” bojxona rejimi yo‘q, vaqtincha olib chiqish va olib kirish bojxona rejimlari bitta protsedura “vaqtincha olib kirish (olib chiqish);” etib yozilgan. Shuningdek, yangilik sifatida “Maxsus bojxona protsedurasi” kiritilgan.

Yangi kodeksda bojxona nazorati shakllarining soni 7 taga (tushuntirish olish; bojxonaga oid boshqa hujjat va (yoki) ma’lumotlarni tekshirish; bojxona ko‘zdan kechiruvi; bojxona ko‘rigi; shaxsiy ko‘rik; binolar va hududlarni ko‘zdan kechirish; bojxona auditi) qisqartilgan (amaldagi Bojxona kodeksida bojxona nazorati shakllarining soni 12 tani tashkil etadi). "Bojxona audit" bojxona nazorat shakli bayon etilgan.

Bojxona to‘lovlarining turlari qismida ham o‘zgarish mavjud. Yangi kodeksda olib kirishda to‘lanadigan bojxona boji; olib chiqishda to‘lanadigan bojxona boji; qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; bojxona yig‘imlari belgilangan. Amaldagi kodeksda esa olib kirish (import) va olib chiqish (eksport) deb bojxona boji alohida belgilanmagan.  

Yangi kodeksda "Xavfni boshqarish tizimining qo‘llanilish maqsadlari" ham aniqlashtirilgan: bojxona nazoratining samaradorligini ta’minlash; xavf darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga e’tibor qaratish va bojxona organlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash; xavflarni imkon qadar kamaytirish bo‘yicha choralar qo‘llash uchun zarurat bo‘lmagan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishini tezlashtirish va soddalashtirish uchun sharoitlar yaratish.

"Bojxona organlari xavflarni boshqarish tizimidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ularning zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi nazoratni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin", - deyilgan loyihada.

Yangiliklar lentasi
0