O‘zbekiston maktablarida o‘qish qachondan boshlanishi aytildi

© Xokimiyat TashkentaXokim Tashkenta vruchil shkolnikam podarki
Xokim Tashkenta vruchil shkolnikam podarki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi yangi o‘quv yili nega 4-sentabrdan boshlanishiga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi, deb xabar berdi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

"Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 2019-yilning 4 sentabrdan boshlanadi", - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 12-noyabrdagi "2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, umumta’lim maktablarida yangi 2019-2020 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0