Iqtisod

Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishTablo kursa dollara v vitrine operatsionnoy kassы v Moskve
Tablo kursa dollara v vitrine operatsionnoy kassы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Markaziy bank bundan keyin valyuta sotish va sotib olish narxlarini belgilamaydi, bu narx bozorda mustaqil shakllanadi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovga asosan xabar qildi.

Kurs valyut - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston banklarida naqd dollar sotilishi boshlandi - MB

Eslatib oʻtamiz, bugun dollar kursi oʻtgan haftaga nisbatan 323,00 soʻmga koʻtarilib, 9 384,00 soʻm tashkil qildi.

Avgust oyi boshida Markaziy banki ichki valyuta bozoridagi vaziyat boʻyicha bayonot berib dollar kursi oshishiga tashqi va ichki omillarni sabab qilib koʻrsatgan edi.

Jumladan, joriy yil iyul oyidan boshlab, Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklari boʻlgan baʼzi mamlakatlarda (Rossiya, Qozogʻiston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu oʻz navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi boʻyicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan xorijiy valyutaga boʻlgan talabning oʻsib borishi bilan bogʻliqligi koʻrsatilgandi.

Yangiliklar lentasi
0