Prezident maktablari: yakuniy imtihon natijalari e’lon qilindi

© XTVNachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli
Nachalis vstupitelnie ekzameni v prezidentskie shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident maktablariga o‘tkazilgan yakuniy imtihon test sinovlarining natijalari e’lon qilindi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Joriy yilning 21-iyulidan 24-iyuliga qadar o‘tkazilgan yakuniy imtihon test sinovlarining natijalari Cambridge tashkiloti veb-saytida e’lon qilindi.

Test natijalarini kompyuter ishlatgan holda ushbu havola orqali ko‘rish mumkin:

Ushbu ko‘rsatilgan veb-saytga kirgandan so‘ng:

1. Talabgor topshirgan hudud tanlanadi.

(Toshkent, Namangan, Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasi).

2. So‘ngra prezident maktablariga topshirgan sinf tanlanadi.

3. Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasi bosiladi (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan 11 raqamlik maxsus identifikatsiya raqami teriladi va Enter tugmasi bosiladi.

4. Yakuniy bosqich imtihonlaridan o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.

5. Yakuniy bosqich imtihonlaridan o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0