Putinni haqorat qilgan gruziyalik jurnalist ishsiz qoldi

© Facebook / Giorgi GabuniaGruzinskiy televedushiy Georgiy Gabuniya
Gruzinskiy televedushiy Georgiy Gabuniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali jurnalist Georgiy Gabuniyani ishdan bo‘shatdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali yangi bosh direktori Paata Saliya qator jurnalistlar, jumladan, Georgiy Gabuniya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Telekompaniya axborot xizmati direktori Nodar Meladze manfaatlar to‘qnashuvi tufayli lavozimidan ozod etildi. U bilan birga yana bir nechta jurnalistlar ishdan bo‘shatildi, ammo hozir ular mehnat ta’tilida”, - dedi Saliya brifingda.

Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
U erkak emas - Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan jurnalist haqida

Eslatib o‘tamiz, Gruziyadagi "Rustavi 2" telekanali boshlovchisi ilgariroq efirda 1 daqiqa davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va uning marhum ota-onasini haqorat qilgan edi.

Ushbu voqeadan bir necha soat o‘tib telekanal atrofida favqulodda miting to‘plandi. Jurnalist xatti-harakatidan norozi bo‘lgan odamlar uni ishdan haydashni va umuman ushbu telekanalni yopishni talab qila boshlashdi.

Putin gruziyalik jurnalistning haqoratiga o‘z munosabatini bildirdi - video

"Rustavi 2" telekanali Gruziyaning sobiq prezidenti Saakashvili yetakchilik qilgan "Yagona milliy harakat" partiyasiga tegishli bo‘lgan. Ayni damda partiya barcha yo‘nalishlarda inqirozga uchragan bo‘lsa-da, uning ayrim vakillari haliyam provokatsiyalar uyushtirishga urinishlarini to‘xtatmagan. Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya - Saakashvili davridan qolgan fitnachi, desak adashmaymiz.  

Gruzinskiy televedushiy Georgiy Gabuniya - Sputnik O‘zbekiston
Putinni haqoratlagan jurnalist uyiga sharmanda taxtasi ilindi

Rossiya parlamenti delegatsiyasining Tbilisiga tashrifi vaqtida poytaxt ko‘chalarida Rossiyaga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu mitinglar Gruziya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa-da, ularga barham berish uchun ham jiddiy choralar ko‘rilmagandi. Shu sabab Rossiya hukumati Gruziyaga sayyohlar yuborishni cheklashni ma’qul ko‘rdi.

Rossiya Davlat Dumasi hukumatga Gruziyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash maqsadga muvofiqligini tavsiya etdi. Putin "gruzin xalqiga hurmat tufayli" Tbilisiga qarshi sanksiyalar qo‘llashga qarshiligini bildirdi. Rossiya yetakchisi, shuningdek, uni haqorat qilgan jurnalistga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Yangiliklar lentasi
0