Iqtisod

Rossiya Oʻzbekistonga yana beshta elektrovoz yetkazib beradi

Yil boshida Rossiyadan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3ta, 2020 yilning birinchi choragida yana 2ta 3ES5K elektrovozlari bilan toʻldiriladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.

Vokzal Tashkent-Yujnыy posle rekonstruktsii - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Xitoydan 24 ta elektrovoz xarid qiladi

“Shu bois, asosan yuk tortish uchun moʻljallangan lokomotivdan yana 5ta olib kelish boʻyicha shartnoma imzolangan”, - deyiladi xabarda.

Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm temir yoʻllarda yurish uchun moʻljallangan boʻlib, 3ta sektsiyadan iborat. Har bir sektsiyada 4ta gʻildirak juftligi oʻrnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan boʻlsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta sektsiyali «Oʻzbekiston» elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izgʻirin sovugʻida ham, yozning jaziramasida ham yurishga moʻljallangan. Lokomotiv kabinasi barcha toʻliq kompyuterlashtirilgan boʻlib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala