Jamiyat

Toshkentda rashkchi er oʻz xotini jazmanini jinsiy aʼzosidan mahrum qildi

CC0 / pixabay / Siluet cheloveka s nojom v ruke
Siluet cheloveka s nojom v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Xotini internetda boshqa erkak bilan yozishayotganidan xabar topgan rashkchi er, oʻch olishning vahshiyona usulini tanladi

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Toshkentda rashkchi er oʻz xotini bilan yozishgan erkakning jinsiy aʼzosini kesib oldi, deb xabar bermoqda mahalliy internet nashrlar.

Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bosh prokuratura Gulistonda rashk tufayli sodir etilgan qotillik tafsilotlarini ochiqladi

Xabarda aytilishicha, maktablarning birida dars beruvchi ayol taʼlim maskanida qorovul boʻlib ishlaydigan erkak bilan internetda yozishib yurgan. Eri shubhalanib qolmasligi uchun ayol oʻz jazmani telefon raqamini "Maqsuda opa" nomi bilan saqlab qoʻygan.

Oʻzaro janjaldan soʻng, er xotinining telefonini tekshirib koʻradi va "Maqsuda opa"dan kelgan "seni sogʻindim", "sevaman", "bagʻrimga bosishni xohlayman" degan xabarlarga koʻzi tushadi.

Shundan soʻng, ayolning turmush oʻrtogʻi ertasi kuni kechasi maktab tomon yoʻl oladi va qorovul bilan uchrashadi. Unga ayoli bilan qanday munosabatda ekanligidan xabardorligini maʼlum qiladi. Muloqot vaqtida, gʻazab otiga mingan er qorovulni urib hushidan ketgazgan va soʻngra uning jinsiy aʼzosini kesib olgan.

Ayni vaqtda ayblanuvchi qoʻlga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Qurbon holati haqida aniq maʼlumot yoʻq.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala