Qarg‘ami yoki quyon: Internetda yangi optik illyuziya ommalashmoqda

Voron
Voron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Video qisqa vaqt ichida ommalashib ketgan. Tasvirda qarg‘ami yoki quyon haqidagi savol qizg‘in munozaralarga sabab bo‘lmoqda

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi optik illyuziya ommalashmoqda. Tasvirda qarg‘a aks etgan bo‘lsada, ko‘pchilik uni quyon, deb o‘ylamoqda.

Ushbu post o‘n minglab layk va retvitlarni to‘plagan.

​Birinchi bo‘lib bu videoni Twitterda Imgur xostinggi e’lon qilgan. Ammo u bilan Dan Quintano bo‘lishgach, video ommalashib ketgan.

"Quyonlarga ularning tumshug‘ini silashsa juda yoqadi", — deb yozgan foydalanuvchi va bu bilan ko‘pchilikni arosatda qoldirgan.

Ushbu post 40 mingga yaqin layk olgan, post ostida minglab izohlar qoldirilgan. O‘n mingga yaqin internet foydalanuvchilari u bilan bo‘lishganlar.

Yangiliklar lentasi
0