IIV “...qiz bolaga pichoq tiraganlar” videosi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

CC0 / Unsplash / Melanie Wasser / Devushka zakrivayet litso rukami
Devushka zakrivayet litso rukami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV joriy yilning 14-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qiz bolaga pichoq tiraganlar” nomi bilan tarqalgan videoni o‘rganib chiqdi. Hodisa Samarqand viloyatining Narpay tumanida sodir bo‘lgani aniqlandi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston IIV joriy yilning 14-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qiz bolaga pichoq tiraganlar” nomi bilan tarqalgan videoni o‘rganib chiqdi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu holat Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida emas, balki Samarqand viloyatining Narpay tumanida 2019-yilning 10-iyun kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni T.S., A.Q. va Q.A.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Narpay tumanining Oqtosh shahrida U.K.ga tegishli bo‘lgan “Tiko” avtomashinada G.R. bilan o‘zaro suhbatlashib o‘tirgan O.Q., U.K. va D.S.larning tanasini turli joylariga urib-tepib, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatishgan.

Uzbekskie militsioneri vozle doma - Sputnik O‘zbekiston
IIV bozorda janjal ko‘targan ayollarga nisbatan nega kuch ishlatilganini tushuntirdi

So‘ngra ularga tegishli bo‘lgan uchta “Samsung” rusumli uyali telefon, “Sony” rusumli radiokarnayi, 750 ming so‘m pul va erkaklar kumush zanjirini qo‘lga kiritganlar.

Shundan keyin ushbu holatlarni O.Q.ga tegishli bo‘lgan “Samsung” telefoniga tasvirga olib, keyinchalik ushbu tasvirlarni internet tarmog‘iga joylashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan bosqinchilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. va uning ukasi Q.A.lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, G.R. ta’kidlab o‘tgan, uning bo‘yniga O.Q., U.K. va D.S.lar pichoq tirab qo‘rqitganligi holati dastlabki tergov davrida o‘rganiladi.  

Yangiliklar lentasi
0