Markaziy Osiyo Trampga qiziq emas – Kazansev

© Sputnik / Aleksandr NatruskinAndrey Kazansev
Andrey Kazansev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti tahliliy markaz direktori, siyosiy fanlar doktori Andrey Kazansev AQSh uchun Markaziy Osiyo qanday qiziqish borligi haqida Sputnik Tojikistonga o‘z fikrlarini aytdi.

Ekspert ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo amerikaliklarni doim afg‘on muammosi nuqtayi nazaridan qiziqtirib kelgan.

AQSh davlat departamenti ichki bo‘linishi bo‘yicha Markaziy Osiyo sobiq ittifoq hududiga emas, balki Afg‘oniston va Janubiy Osiyo mamlakatlari departamentiga tegishli.

AQShda Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiziqish har doim Afg‘onistonda xavfsizlikni ta’minlash muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan. Chunki AQSh 2000-yildan beri u yerda harbiy operatsiya o‘tkazmoqda.

“Markaziy Osiyo Tramp va Amerika administratsiyasiga qiziq emas”, - deydi ekspert.

Shu bilan birga, ekspert Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlarining Afg‘oniston bilan o‘zaro munosabatlari, Qozog‘iston va O‘zbekistonning ushbu mamlakatga nisbatan tashabbuslari, shuningdek, Markaziy Osiyodagi hamkorlar tomonidan Afg‘onistonda olib borilayotgan turli islohotlarga qiziqish borligini ekanligini ta’kidladi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Kazansev: ne uveren, chto Tramp smojet nayti Sentralnuyu Azii na karte
Yangiliklar lentasi
0