TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Aralash yakkakurash boʻyicha qirgʻizistonlik hakam Oʻzbekiston bayrogʻi bilan yuz bergan holat yuzasidan video murojaat tayyorladi.
Bu video Telegram-kanallar orqali tez tarqalmoqda.
Videoda hakam Oʻzbekiston xalqidan uzr soʻradi. U qoʻshni mamlakat xalqini hurmat qilishi va notoʻgʻri ish qilganligini tan oldi.
Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik sportchi Nursulton Ruziboyev Oʻsh viloyatida oʻtkazilgan musobaqada ishtirok etdi va u yerda qirgʻizistonlik jangchiga magʻlub boʻldi.
Jang yakunida Ruziboyev hakam qirgʻiz sportchiga yon bosdi deb hisoblab, Oʻzbekiston bayrogʻini koʻtarishga harakat qilgan. Ammo hakam bunga yoʻl qoʻymay bayroqni oktagon tashqarisiga uloqtirdi.