Migratsiya

TIV Xanti-Mansiyskda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishGoroda Rossii. Surgut
Goroda Rossii. Surgut - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh konsulxona Xanti-Mansiysk avtonom okrugida umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qoʻyilgan qoʻyilgan cheklov olingani toʻgʻrisida rasmiy tushuntirish oldi.

TOSHKENT, 22 avg – Sputnik. Oʻzbekiston TIV Xanti-Mansiyskda boʻlib turgan yoki u yerga bormoqchi boʻlgan mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

Xabarda qayd etilishicha, 14 avgust kuni Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi gubernatorining birinchi oʻrinbosaridan umumiy ovqatlanish sohasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda xorijiy fuqarolariga 2019-yilda qoʻyilgan qoʻyilgan cheklov olingani toʻgʻrisida rasmiy tushuntirish olgan.

Vzletnaya polosa aeroporta v Stambule. - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh konsullik Turkiyaga bormoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi

“Rossiya Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan mazkur soha uchun standartlar (oʻrta maxsus taʼlimni tugatganlik, amaliy ish tajribasi, tibbiy kitobcha) va Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki istiqomot uchun guvohnoma (vid na jitelstvo) mavjud boʻlganda Oʻzbekiston fuqarolari Xanti-Mansiysk avtonom okrugida “Oshpaz” kasbi boʻyicha ishlashlari mumkin”, - deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala